Ma'lum bo‘lishicha, Google faoliyatidagi nosozliklar butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan. Yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida Google'ning ichki muammosi sabab butun dunyoda kompaniyaning servislari faoliyatida uzilish kuzatilgan. Ayniqsa Google qidiruv tizimi va YouTube'dan foydalanuvchilarga uzilish tezda sezildi. Foydalanuvchilar nosozlik haqida o‘z sahifalarida yozishdi.
«Bilamiz, Google'ning servislariga kirishda muammolar kuzatilmoqda. Biz muammoni hal qilamiz», deb yozildi Google'ning Tvitterdagi sahifasida. Ayni damda kompaniya servislaridagi muammo bartaraf etilgan.