YeChL. «Yuventus» «Barsa»dan 1-o‘rinni tortib oldi, «PSJ», «Leypsig» va «Latsio» pley-offda, «MYu» Yevropa Ligasiga tushib ketdi

Sport 03:50 / 09.12.2020 10656

Chempionlar Ligasida E, G va N guruhlarida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ye guruhida muddatidan avval  peshqadamga aylangan  «Chelsi» «Krasnodar» bilan durang o‘ynadi, 2-o‘rin sohibi «Sevilya» esa «Renn»dan ustun keldi.

F guruhida «Latsio» «Bryugge» bilan jangovar durang qayd etib, 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. «Borussiya» D «Zenit» ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

G guruhida «Yuventus» Kataloniyada «Barselona»ni Ronaldu (2ta) va Makkennining gollari evaziga yirik hisobda yengib, o‘zaro o‘yinlardagi natijalar evaziga 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Ferensvarosh»dan ustun kelgan «Dinamo» K yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 

N guruhida «MYu» Germaniyada «Leypsig»ga imkoniyatni boy berib, Yevropa Ligasiga tushib ketdi. «PSJ» – «Istanbul» bahsi yordamchi hakam mehmonlar vakilini irqiy kamsitgani uchun 23-daqiqada to‘xtatildi. Ammo Parij klubi ushbu o‘yin natijasidan qat'i nazar 1/8 finalga chiqdi.

YeChL, 6-tur, 8 dekabr

Ye guruhi

Chelsi – Krasnodar 1:1
Gollar: Jorjino (28, penalti) – Kabella (24). 
Chelsi – Kepa, Ryudiger, Emerson, Kristensen, Aspilikueta, Kovachich (Kante, 74), Gilmur, Havers (Verner, 75), Jorjino, Anjorin (Jiru, 80), Abraham. 
Krasnodar – Gorodov, Ramires, Smolnikov, Martinovich, Pantaleao (Sorokin, 74), Klasson, Olsson (Kambolov, 80), Vilena, Kabella (Suleymanov, 80), Vanderson (Chernov, 80), Berg (Markov, 90). 

Renn – Sevilya 1:3
Gollar: Retter (86) – Kunde (32), En-Nesiri (45+2, 81).
Renn – Salen, Dalbert, Traore, Da Silva (Naif, 70), Mauassa (Truffer, 79), Grene (Tet, 79), Kamavinga, Doku (Gboxo, 79), Nzonzi, Soppi, Nyang (Ratter, 70). 
Sevilya – Bunu, Kunde, Serji Gomes (Fernando, 76), Karlos, Rekik, Torres (Vaskes, 83), Rakitich, Suso (Oskar, 76), Gudel, Idrissi (Okampos, 72), En-Nesiri (Fernandes, 83).

F guruhi

Latsio – Bryugge 2:2
Gollar: Korrea (12), Immobile (27, penalti) – Vormer (15), Vanaken (76).
Latsio – Reyna, Acherbi, Hudt (Radu, 46), Luis Felipe, Latssari, Leyva (Eskalante, 75), Marushich, Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Akpa-Akpro, 75), Korrea (Pereyra, 86), Immobile (Kaysedo, 75). 
Bryugge – Minole, Sobol, Rikka, Mata (van der Brempt, 84), Kossunu, Vormer, de Ketelare, Diatta (Okereke, 84), Balanta (Rits, 77), Lang (Deli, 42), Vanaken.
Chetlatish: Sobol (39).

Zenit – Borussiya D 1:2
Gollar: Driussi (16) – Pishchek (68), Vitsel (79).
Zenit – Kerjakov, Proxin, Duglas, Rakitskiy (Lovren, 67), Kuzyayev (Vendel, 61), Sutormin, Barrios, Ozdoyev (Krugovoy, 79), Malkom (Karavayev, 79), Ozmun, Driussi (Dzyuba, 60). 
Borussiya D – Hits, Shuls, Pishchek (Zagadu, 72), Hummels (Sancho, 72), Passlak (Mukoko, 58), Brandt (Reyna, 58), Vitsel, Azar (Knauff, 83), Bellingem, Roys, Jan.

G guruhi

Barselona – Yuventus 0:3
Gollar: Ronaldu (13 penalti, 52 penalti), Makkenni (20).
Barselona – ter Stegen, Dest, Alba (Firpo, 55), Arauxo (Mingesa, 82), Langle (Umtiti, 55), de Yong, Pyanich, Trinkau (Breytueyt, 46), Pedri (Puch, 66), Grizmann, Messi. 
Yuventus – Buffon, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Sandro, Makkenni, Kuadrado (Bernardeski, 85), Artur (Bentankur, 71), Remzi (Rabo, 71), Morata (Dibala, 85), Ronaldu (Keza, 90+2). 

Dinamo K – Ferensvarosh 1:0
Gol: Popov (60).
Dinamo K – Bushan, Mikolenko, Popov, Zabarnyy, Kendzera, Tsigankov (Lednev, 86), Shaparenko, de Pena (Supryaga, 70), Sidorchuk (Andriyevskiy, 90+2), Verbich (Rodrigesh, 86), Garmash (Shepelev, 70). 
Ferensvarosh – Dibus, Dvali, Blajich, Lovrenchich (Botka, 80), Hayster, Zubkov (Mak, 80), Haratin (Izael, 74), Ngen (Boli, 86), Laiduni, Uzuni (Baturina, 74), Somalia.

N guruhi

Leypsig – Manchester Yunayted 3:2
Gollar: Anxelino (2), Aydara (13), Klyuyvert (69) – Fernandesh (80, penalti), Pogba (82).
Leypsig – Gulachi, Anxelino (Halstenberg, 87), Orban, Mukiyele, Konate, Aydara, Kampl (Adams, 75), Olmo (Klyuyvert, 56), Zabitser, Forsberg (Poulsen, 56), Nkunku. 
MYu – De Xea, Lindelyof (Tuanzebe, 78), Shou (Uilyams, 61), Maguayr, Telles (van de Bek, 46), Fernandesh, Maktomini, Matich (Pogba, 61), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 78), Reshford, Grinvud.

PSJ – Istanbul (qoldirildi)

Ko‘proq yangiliklar: