AQShda haydovchisiz elektrotraktor ishlab chiqarildi

Fan-texnika 21:38 / 09.12.2020 5526

Kaliforniyada Monarch Tractor kompaniyasi Smart texnologiyasi asosidagi dunyodagi birinchi elektr traktorni namoyish etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Elektrotraktor haydovchisiz boshqarilishi, hosil haqidagi ma'lumotlarni yig‘ishi hamda tahlil qilishi va smartfon orqali ishlashi mumkin. Traktorning quvvati 40 ot kuchiga ega.

 Undan vezdexod sifatida, dalada esa elektrogenerator sifatida foydalansa bo‘ladi.

Traktor egasi smartfoni orqali bajarilgan ishlar va meteorologik sharoitlar to‘g‘risida ma'lumot olishi mumkin.

Monarch Tractor narxi 50 ming dollarni tashkil etadi. Traktor 2021 yil kuzidan sotuvga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: