O‘zbekistonda TikTok «pandemiyasi». Bugungi yoshlar hayotidan biz bilmagan sahifalar

Fan-texnika 16:53 / 06.12.2020 69207

Ko‘z o‘ngimizda yangi avlod paydo bo‘lyapti. Yangi avlodki, hayotini gadjetlarsiz umuman tasavvur qila olmaydigan, qo‘lda yozishdan oldin telefon klaviaturasida yozishni o‘rganayotgan, qo‘liga kitob bersangiz, «zum» yoki «svayp» qilishga harakat qiladigan...

Hayotimiz virtual olamga ko‘cha boshladi. Bu olamda yangi paydo bo‘lgan TikTok, garchi unda faqat qisqa va asosan bema'ni videolar joylansa-da, odamlar soatlab vaqt ajratadigan platformalardan biriga aylanib qoldi.

TikTok'ni pandemiya deb sifatlashimiz bejiz emas: birinchidan, undagi videolar aksariyat hollarda mantiqsizlik va axloqsizlikka asoslangan. Ikkinchidan, tarmoq ayni shuning uchun ham bor-yo‘g‘i 2 yil ichida 800 milliondan ortiq muxlis to‘pladi. Taqqoslash uchun, Instagram 1 milliard foydalanuvchini 10 yil mobaynida yig‘gan edi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, millionlab auditoriyaga ega bloger, vayner, tiktokerlar avlodi ulg‘aymoqda. Bu jarayonlar o‘zbekistonlik yoshlarni ham chetlab o‘tmayapti. O‘zbek tiktokerlarining maza-matrasiz, o‘zidan boshqa hech kimga foyda keltirmaydigan bu tendensiyaga qo‘shilib, bir zumda yulduzga aylanishi, yuz minglab muxlis orttirishi aynan 2020 yildan boshlandi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

E'tiborlisi, tiktokerlar orasida allaqachon jamoalarga birlashib, House'larda birga yashayotganlari ham bor. Shunisi xavotirliki, bu House'lar a'zolari – deyarli barcha hollarda voyaga yetmagan yoki katta hayotga endigina kirib kelayotgan yoshlardir.

  • Xo‘sh, XXI asr bolalari – tiktokerlarning dunyoqarashi qanaqa?
  • Kontentining befoyda va ma'nosizligi haqida ularning o‘zlari nima deydi?
  • Ular qancha daromad topishyapti?
  • House'ga birlashib, bir uyda yashayotgan yoshlar – ular orasida maktab o‘quvchilari ham bor – jamiyatning bunga qarshiligiga qanday munosabatda?

SUBYEKTIV loyihasining ikkinchi soni ayni shu mavzuda. O‘zbekistondagi mashhur tiktokerlar loyihada, ijodkorlar esa TikTok House'da mehmon bo‘ldi.

Kun.uz sayti homiyligidagi loyihaning Telegram, Instagram va YouTube kanallariga obuna bo‘ling. Sahifalarda asosiy ko‘rsatuvlar oralig‘ida boshqa qiziqarli va original videolar ham berib borilmoqda.

Fikr va takliflaringizni izohlarda kutib qolamiz.

Ko‘proq yangiliklar: