Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havas 90-do‘konini ochdi. Diskaunter mutaxassislari eng ko‘p so‘raladigan savollarga javob berishdi

O‘zbekistondagi yirik diskaunterlar tarmog‘i – Havas do‘konlari soni 90taga yetdi. 100-sonli do‘kon ochilishiga qadar, Havas mutaxassislari bir nechta dolzarb savollarga javob berishga qaror qildilar.
Diskaunterni oddiy do‘kon bilan adashtirmang
Havas diskaunterlar tarmog‘i ommabopligiga qaramay, diskaunter o‘zi nimaligi ko‘pchilikka hali ham noma'lum. Shu sababli ko‘pincha «Diskaunterlar oddiy do‘konlardan nimasi bilan farqlanadi?» degan savol tug‘iladi.
Asosiy farq – narx-navoda!
Havas do‘konlarida mahsulot narxlari arzon. Bundan tashqari, Havas o‘z iste'molchilarini turli aksiyalar bilan muntazam shod etadi. Demak, Siz deyarli har kuni biror mahsulotni aksiya bo‘yicha arzon narxda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.
Iste'molchilar savollariga javoblar
Avvalo aytish lozimki, Havas o‘z iste'molchilarini qadrlaydi va ishonchini oqlashga harakat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim damlarda do‘konlarda xizmat ko‘rsatish barcha talablarni qondira oladigan darajada yuqori bo‘lmagani ehtimoli borligini tan oladi.
Havas o‘z ustida ishlashni va rivojlanishni to‘xtovsiz davom ettiradi. Kompaniya mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlardagi barcha taklif va shikoyatlarni muntazam o‘rganib chiqadilar.
Hurmatli iste'molchilar, izohlarda Havas haqida yozib qoldirayotgan fikr va mulohazalaringiz uchun Sizga katta rahmat. Bizning rivojlanishimizga qo‘shayotgan hissangiz bebahodir.
Endi esa savollarga o‘tamiz!
Nima uchun Havas belgilangan mahsulot assortimentiga ega?
Havas – bu diskaunter. Diskaunterlarning asosiy vazifasi esa iste'molchilarni eng zaruriy mahsulotlar bilan hamyonbop narxlarda ta'minlash. Mahsulot assortimentini cheklash narxlarni pasaytirish va do‘kondagi tokchalar sonini kamaytirish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida xarid qilish jarayonini yanada qulaylashtiradi.
Nima uchun do‘kon rastalari serpantin shaklida joylashtirilgan (ilon izi shaklida)?
Ayrim iste'molchilarga rastalar joylashuvi sababli xarid qilish jarayoni ko‘proq vaqt talab qilishi mumkindek tuyulishi mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri fikr. Aslida rastadan kassagacha bo‘lgan masofani qo‘pi bilan 2 daqiqada bosib o‘tish mumkin.
Bundan tashqari, rastalar joylashuvi hech narsani unutmasdan, rejalashtirilgan barcha mahsulotlarni xarid qilishga imkon beradi.
Nima uchun narxko‘rsatkich mahsulot ustida o‘rnatilgan?
Bu tajriba dunyoning ko‘pchilik diskaunterlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, mahsulot ustida o‘rnatilgan narxko‘rsatkich narxlarni egilib o‘qishga qiynaluvchi qariyalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Narxko‘rsatkichning bunday joylashtirilishi faqat birinchi marta noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Ko‘nikkandan keyin esa aslida bu qanchalik qulayligi Sizga ham ayon bo‘ladi.
Havas diskaunteri «aqlli xaridlar» uchun mo‘ljallangan
Diskaunterlar tarmog‘idan foydalanar ekansiz, o‘zingizga qo‘shimcha qulaylik yaratasiz, vaqtingizni va mablag‘ingizni tejaysiz.
Endilikda uzoqqa yo‘l olish shart emas, barcha kerakli mahsulotlar uyingiz yaqinida. Agar uyingiz oldida Havas do‘koni bo‘lmasa, hech xavotirlanmang, kompaniya nafaqat poytaxtimizda, balki yurtimizning har bir viloyatida, shahrida faoliyat yuritishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan. Yaqin orada «aqlli xarid»larni amalga oshirish imkoniyati Sizda ham paydo bo‘ladi.
Diskaunterlar manzillari haqida saytimizdan ma'lumot olishingiz mumkin:
Veb sayt: https://havasfood.uz/ru/markets
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Facebook: https://www.facebook.com/havasuz/
Instagram: instagram.com/havasuz/
Telegram: https://t.me/havasu
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

18:57 / 19.03.2025
Havas tarmog‘i iste’molchi huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi kompaniya nomiga sazovor bo‘ldi

09:00 / 07.03.2024
O‘zbekistondagi ilk diskaunterlar tarmog‘i - Havas'ga 5 yil to‘ldi

09:00 / 19.12.2023
Markaziy Osiyodagi do‘konlar soni bo‘yicha yirik chakana savdo tarmog‘i bo‘lmish Havas uch yuzinchi yubiley do‘konini ochdi

13:00 / 06.06.2023