AQShda dunyodagi eng katta dron taqdim etildi (video)

Fan-texnika 22:30 / 04.12.2020 12317

Dronning uzunligi 24 metrni, balandligi 5,5 metrni, qanotlari uzunligi esa 18 metrni tashkil qiladi. Qurilmada samolyot yonilg‘isi ishlatiladi.   

Ta'kidlanishicha, Ravn X har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi, detallarining 70 foizini esa ko‘p marotaba ishlatish mumkin.

Dronning birinchi parvozi 2021 yilning oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shundan keyin Aevum qurilmani AQSh mudofaa vazirligi uchun orbitaga foydali yukni chiqarishda qo‘llamoqchi. Dronni ishlab chiqqan mutaxassislar g‘oyasiga ko‘ra, Ravn X o‘z missiyalari davomida sun'iy yo‘ldoshlarga ega raketani orbitaga uchirish uchun 9-18 km balandlikka ko‘tariladi.   

Ravn X’ning raketani uchirish tizimi bortda uchuvchilar bo‘lishini talab etmaydi va buning evaziga inson uchun xavfni to‘liq istisno qiladi.    

Aevum’da ta'kidlanishicha, Ravn X dronlari floti kelgusida har 3 soatda fazoga yuklar yetkazishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: