Hozircha sinovlarda Chrysler Pacifica minivenlari negizida ishlab chiqilgan va mustaqil harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan lidar, radar va kameralar bilan jihozlangan 25ta mashina ishtirok etmoqda. Kelgusida ushbu mashinalarni taksi sifatida qo‘llash rejalashtirilgan, biroq hozircha ular yo‘lovchilarsiz sinalmoqda.
AutoX startapi bir necha oy avval Waymo va Nuro startaplaridan keyin AQShning Kaliforniya shtati yo‘llarida boshqaruvchisiz mashinalarni haydovchisiz sinashga ruxsat olgan uchinchi kompaniyaga aylangandi. Xitoyda esa startap bunday sinovlarni o‘tkazayotgan birinchi kompaniya hisoblanadi.
AutoX e'lon qilgan videoda boshqaruvchisiz avtomobillari imkoniyatlarini va ularning taksi sifatida va kichik o‘lchamli yuklarni yetkazishda qo‘llanishi mumkinligini namoyish qilgan.
Kompaniya anchadan beri boshqaruvchisiz mashinalarni sinovdan o‘tkazib keladi. Oxirgi yillarda AutoX’ning 100ta mashinasi million mil yo‘l bosib o‘tgan. Xuddi shunday loyihalarni Xitoyning bir qator boshqa kompaniyalari, jumladan Deeproute.ai, Pony.ai, WeRide, Momenta va Baidu amalga oshirmoqda.