Vivo kompaniyasi O‘zbekistonda V20 seriyadagi yangi smartfonlarni taqdim etadi

Fan-texnika 08:30 / 01.12.2020 13627

2020 yilning 1 dekabridan 31 dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida V20 smartfonlarini xarid qilgan mijozlar kafolatlangan sovg‘a – power bank 10 000 mAch, V20SE xarid qilinganda esa Vivo brendlangan ryukzakiga ega bo‘ladilar.

V20 seriya ikki smartfon bilan taqdim etilmoqda. Bu dunyodagi birinchi 44-megapiksel va avtofokusli selfi-kameraga ega hamda Android 11 operatsion tizimda ishlovchi O‘zbekistondagi birinchi V20 smartfonidir. Shuningdek, FlashCharge tezkor quvvatlanuvchisi bo‘lgan V20 SE ultrazamonaviy smartfon ham mavjud. Har ikki mahsulot sotuvga chiqarilgan.

vivo V20: Tun ranglarini jonlantir!

Texnik jihatlari:

- Tungi suratga olish funksiyasi bo‘lgan 64 Mp kamera

- FlashCharge 33 Vt tezkor quvvatlangich

- Qualcomm® Snapdragon™ 720G protsessor

- Operativ xotira: 8 GB

- Sozlangan xotira: 128 GB

44 Mp o‘ta aniq frontal kamera

Avtofokuslash (AF) rejimiga ega frontal kamera 15 sm masofadan boshlab obektni aniq fokuslashga xizmat qiladi va bu tiniq selfilar olish imkoniyatini beradi. Bu smartfonni qo‘lingizda yoki selfi tayoqchasida ushlashingizdan qat'i nazar amalga oshadi.

Avtofokus ko‘zlarga moslashadi va kadrning har qanday nuqtasida nigohni kuzatib boradi hamda tasvir obektining ehtiroslariga qaramay unga fokuslanadi. Smartfon insonning harakati davomida ham fokusda tutadi, shu bois ideal surat uchun endi diqqat bilan boqib turish zarurati yo‘q. O‘ta tiniq 4K o‘lchamdagi ajoyib videotasvirlarni “Ko‘zga avtofokus” funksiyasi yordamida muhrlang.

Aql bovar qilmas dizayn

Juda yengil va hayratlanarli darajadagi yupqa smartfon ideal dizaynning timsoli hisoblanadi. Qurilma qalinligi 7,38 millimetr, vazni esa 171 gramm bo‘lib, qo‘lda juda qulay joylashadi.

Asosiy kamera

64MP asosiy kamera + 8MP ko‘p funksiyali kamera (ultra keng burchak / Bokeh / super makro) + 2MP monoxrom kamera. 64MP asosiy kamera eng kichik detallargacha ochib beradi, ularning tiniqligi maksimal kattalashganda ham yomonlashmaydi. Yordamchi kameralar sizga keng burchakli, Bokeh samarasiga ega supermakro rejimidagi suratlarni muhrlashga yordam beradi.

FlashCharge 33 Vt tezkor quvvatlantirgich batareyani 65 foizga sizning kofe-breykingiz tugaguniga qadar – 30 daqiqa ichida to‘ldirib beradi.

Yarqirash vaqti: vivo V20 SE yangi smartfoni

Texnik xususiyatlari:

- FlashCharge 33Vt tezkor quvvatlantirgich

- tasvirga olishning ko‘plab rejimlariga ega 48Mp kamera

- 16Mp selfi uchun tungi rejim

- Operativ xotira: 8 GB

- Ichki xotira: 128 GB

- Protsessor Qualcomm® Snapdragon™ 665

Dizayn

Yangi qurilma vazni esa 171 gramm, qalinligi esa atigi 7,38 millimetr. Yuqori molekulyar polimerdan iborat 3D-korpus yoqimli baxmal matosi hissini beradi.

Ishlash xususiyatlari

V20 SE smartfoni 4100 mAch batareya hisobiga uzoq vaqt ishlaydi va 33-vattli FlashCharge quvvatlantirgich bilan jihozlangan. Smartfon 30 daqiqa ichida 62 foizgacha quvvat oladi, to‘la quvvatlanishi uchun bir soatdan kamroq vaqt ketadi.

Qualcomm Snapdragon 665 sakkiz yadroli protsessor 11-nm texjarayon normalariga muvofiq tayyorlangan. Bu esa barcha ilovalar va o‘yinlarning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Smartfon NFC texnologiyasini quvvatlaydi va bu kundalik hayotda juda asqotadi.

Kamera

48 Mp uch kamerali va sun'iy ong yordamida olingan suratlaringizda dunyo jonlanadi. Yirik va professional standart rejimlar sizga keng ijodiy imkoniyatlarni beradi. Tunlari shaharning yorqin ko‘chalarini suratga oling va ulardagi yarqiroq jilolar tasvirlarda aks etsin. Suratlar doimo aniq bo‘lishini ta'minlash uchun smartfon f/1,8 diafragma va HDR + Morpho algoritmi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan asosiy kameraga ega.

Vivo smartfonlari haqidagi batafsil ma'lumotlarni rasmiy sayt orqali olishingiz mumkin.

Telefon: +998 (99) 888-78-68

Instagram: instagram.com/vivo_uzbekistan

Telegram: t.me/vivomobile_uz

Facebook: facebook.com/vivoUzbekistan

Vivo kompaniyasi haqida

Vivo — global yuqori texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion mahsulotlar yaratish va mobil kommunikatsiyalar sohasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Vivo hayajonga soluvchi innovatsion smartfonlar hamda aksessuarlarni yaratish, shuningdek, texnologiyalar va dizayn tafakkurini noyob va ijodiy yechimlarga birlashtirgan xizmatlarni taqdim etish orqali butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni birlashtirishga harakat qiladi.

Kompaniyaning asosiy an'analariga sodiq qolgan va mijozni xursand qiluvchi innovatsiyalarni jamlovchi “benfen”* tushunchasi asosida vivo rivojlanishning barqaror strategiyasiga amal qiladi.

Ayni paytda vivo Shenchjen, Dunguan, Nankin, Pekin, Xanchjou, Shanxay, Taybey, Tokio va San-Diyegoda 9 R&D markazlarga egalik qiladi hamda boshqaradi. Bu markazlar faoliyati yuqori iste'mol texnologiyalari, jumladan 5G, sun'iy ong, fotos'yemka va kelgusi avlod smartfonlari ishlash bilan uzviy bog‘liq.

Kompaniyaga tegishli bo‘lgan beshta ishlab chiqarish markazlari (shuningdek, avtomatlashgan ishlab chiqarish markazi) Xitoyda, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan va yiliga 200 milliondan ortiq smartfonlar ishlab chiqaradi. 2019 yil holatiga ko‘ra vivo savdo tarmoqlarini 30dan ortiq davlatlar va hududlarga qadar kengaytirdi.

Vivo smartfonlari dunyoning 30dan ortiq davlatlarida taqdim etiladi va kompaniya chakana do‘konlari jahon bo‘ylab 1000dan ortiq. Vivo mahsulotlari foydalanuvchilari 350 000 000 kishidan ortiq.

* Benfen – bu atama to‘g‘ri harakatlarga munosabat va shunday harakatlarga intilishni anglatadi. Bu o‘z navbatida vivo o‘z oldiga qo‘ygan, texnologiyalarni inson manfaatlariga yo‘naltirishga mo‘ljallangan missiyani ideal darajada tasvirlaydi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: