Turkmaniston prezidenti Baydenni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi  

Jahon 01:31 / 30.11.2020 7468

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Jo Baydenni AQShda o‘tgan prezident saylovlaridagi g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Turkmaniston va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik, hamfikrlik va o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlari ikki davlat xalqlari ravnaqi uchun kelgusida ham mustahkamlanib borishiga ishonchim qat'iy”, deb aytilgan Berdimuhamedovning Baydenga yo‘llagan maktubida. 

Berdimuhamedov o‘z maktubida Turkmaniston AQSh bilan hozirgi munosabatlar darajasini yuqori baholashini va ikki tomonlama hamkorlikning tenghuquqlik, o‘zaro hurmat va o‘zaro manfaatlar himoyasi tamoyillari asosida yanada oshirilishiga katta ahamiyat berishini ta'kidlab o‘tgan.

Ayni vaqtda Baydenga Yevropaning ko‘plab davlatlari rahbarlari, jumladan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Yevropa ittifoqi institutlari rahbarlari, Xitoy raisi Si Tszinpin o‘z tabriklarini yo‘llagan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: