Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etildi

Jahon 14:27 / 30.11.2020 3195

Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 14ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Xun Sen ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bu mamlakat hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlardir, ilgari qirollikda chetdan kirib kelgan bemorlar aniqlangandi.

 "Kamboja hududida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar mamlakat poytaxti Pnompen va Siyemreap provinsiyasida qayd etildi. Ushbu hududlarda oxirgi sutkada o‘tkazilgan 2248ta test natijasida kasallikka chalinganlar soni 14 nafarga yetdi", - dedi hukumat rahbari.

 Xun Senning qayd etishicha, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

"Agarda koronavirusni o‘z vaqtida to‘xtatmasak, bu Kamboja uchun falokat bo‘ladi", - deb ta'kidladi u.

Ko‘proq yangiliklar: