Buxoroda 3 ballik zilzila qayd etildi

O‘zbekiston 19:30 / 30.11.2020 5900

Toshkent vaqti bilan 30 noyabr kuni soat 18:58 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 3,9 ballni tashkil qilgan va 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 479 kilometrni tashkil qilgan.

Zilzila O‘zbekistonning faqat Buxoro viloyatida sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: