Braziliya prezidenti AQShdagi saylovlarda soxtalashtirishlar bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarga egaligini aytdi

Jahon 08:48 / 30.11.2020 8807

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru AQShda 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida ovozlar hisoblanishi vaqtida firibgarliklar sodir etilgani haqidagi ma'lumotlarga egaligini aytdi.

“OAV bu haqida aytmayapti, biroq menda o‘z axborot manbalarim bor. Ularni oshkor etmayman. U yerda haqiqatan ham ko‘plab soxtalashtirishlar bo‘lgan”, deb aytgan Bolsonaru matbuot bilan suhbatda. Biroq uning ta'kidlashicha, unga ma'lum bo‘lgan ushbu qoidabuzarliklar tarozi pallasini nomzodlardan biri foydasiga og‘dirishi mumkinligiga ishonchi komil emas.

Bolsonaru hali ham Jo Baydenni saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklamasligini qo‘shimcha qilgan. Siyosatchi AQShdagi saylovlar natijalari bo‘yicha yakuniy qaror oliy sudda qabul qilinishini istisno qilmasligini aytgan.

Bolsonaru Oq uyning amaldagi rahbari Donald Trampni xush ko‘radi va buni bir necha marta tan olgan. Uni Tramp kabi qarashlarga egaligi va unga xos tarzda keskin so‘zlashi uchun “tropiklar Trampi” deb atashadi. Braziliya prezidenti Tramp unga o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini va u kabi “o‘z davlatini buyuk qilmoqchiligini” bir necha marta aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: