BAAda birvarakayiga 4 ta osmono‘par bino portlatish yo‘li bilan buzildi (video)

Jahon 08:58 / 30.11.2020 28918

BAA poytaxti Abu-Dabida hududni rivojlantirish loyihasi doirasida birvarakayiga 4 ta osmono‘par bino portlatildi

Khaleej Times mahalliy nashrining xabar berishicha, Meena Plaza Tower majmuasiga kiruvchi 4 ta bino portlatish yo‘li bilan buzilgan. Binolarning umumiy balandligi 144 qavatni tashkil qilgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu portlatish dunyodagi eng xavfsiz nazorat qilinuvchi portlatish sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining ta'kidlashicha, portlatish eng yuqori xalqaro xavfsizlik standartlariga amal qilgan holda amalga oshirilgan.

Binolarni “yer bilan bitta qilish” uchun 10 soniya kifoya qilgan.

Ma'lum qilinishicha, binolardan anchadan beri foydalanilmagan. Endilikda ular o‘rnida portga yo‘l o‘tkaziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: