Superliga. «Nasaf» uchinchi marta kumush medalga sazovor bo‘ldi, Zoyir Mirzayev jamoani tabrikladi

Sport 19:18 / 29.11.2020 5734

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 52 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Vadim Abramov qo‘l ostidagi «Bunyodkor» 42 ochko bilan 4-o‘ringa joylashdi.

Superliga. 25-tur. Toshkent.
«Bunyodkor» – «Nasaf» 0:1
Gol:
Marko Stanoyevich (8).
Hakam: Zokir Qodirov.
«Bunyodkor»: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 4. Davron Ergashev, 5. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Nurullo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullayev.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 92. Umar Eshmurodov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Dilshod Rahmatullayev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14. Sharof Muhiddinov, 15.Jo‘rabek Mannonov, 20. Islom Kenjaboyev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich.
Chetlatish: Davron Ergashev (89, «Bunyodkor»).

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Superliga kumush medallariga ega chiqqan «Nasaf» jamoasiga tabrik yo‘lladi.

«Yurtimizda boshlangan futbol mavsumini vohamiz bosh jamoasi «Nasaf» klubi «Andijon»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongani barcha muxlislarga ham ma'lum. Kechagidek eslayman, 0:1 hisobida borayotgan jamoamiz oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketgandi. Ushbu o‘yinda o‘zim ham ishtirok etib, «Nasaf»ni mavsumda yuqori o‘rinlarni egallashini ko‘p sonli muxlislari bilan niyat qilgan edik. Bugun ushbu niyatlarimiz ijobat bo‘lib, sevimli jamoamiz o‘z tarixida uchinchi bor kumush medalni qo‘lga kiritdi.

«Nasaf» klubi rahbariyatini, murabbiylarini, futbolchilar va barcha men kabi ushbu jamoa muxlislarini kumush medallarni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, faqat va faqat «Olg‘a «Nasaf», olg‘a!», deb tilak bildirib qolaman. Har qanday qo‘llab-quvvatlovga va ko‘makka tayyorman. Ajdarlarga xos shijoat tark etmasin», deb Zoyir Mirzayevning so‘zlarini keltirmoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: