Sergeyev – qahramon, Masharipov hamon jamoada. «Paxtakor»ning chempionlik o‘yinidan fotogalereya

Sport 22:33 / 29.11.2020 13118

«Paxtakor» chempionlikni oldinroq hal qilgandi. «Sherlar» chempionlikni muddatidan oldin hal qilishiga asosiy raqobatchi «Nasaf» ham yordamlashib yuborgan va «So‘g‘diyona»ga mag‘lub bo‘lgandi. Oxirgi yillardagi asosiy raqobatchilaridan biri «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda esa «Paxtakor»ga chempionlik kubogi topshirildi. Hal qiluvchi o‘yinda ham mavsum davomida ko‘plab muhim gollarni urgan Sergeyev qahramon bo‘ldi. U raqib darvozaboni Javohir Ilsyosov xatosidan foydalanib, juda murakkab vaziyatdan gol urdi.

O‘yin davomida ko‘pchilik Jaloliddin Masharipovning harakatlariga alohida e'tibor berdi. Chunki yaqinda Masharipov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «Paxtakor»dan ketgani haqida post qoldirdi. Ko‘p o‘tmay bu hazil bo‘lganini aytdi. Biroq hamma ham internetda nimalar bo‘layotganini doim kuzatib bormaydi. Shu sabab ko‘plab muxlislar Masharipov «Paxtakor»dan ketganini muhokama qila boshladi. Jaloliddin Instagramda hazil qilgan bo‘lishi mumkin, lekin bunday darajadagi futbolchi ketib qolishi kutilmagan holat bo‘lmaydi. Nima bo‘lganda ham Masharipov hamon «Paxtakor» futbolchisi va muxlislar kamida yana bitta o‘yinda uning harakatlaridan zavqlanishi mumkin.

Superliga. 25-tur
«Paxtakor» - «Lokomotiv» - 1:0

Gol: Igor Sergeyev 37
Hakam: Viktor Serazitdinov
«Lokomotiv»: 35. Javohir Ilyosov, 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin (19.Avazbek O‘lmasaliyev, 70), 9.Kirill Pogrebnyak (10.Marat Bikmayev, 70), 14.Azizbek Amonov, 20.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 25.Javohir Alijonov ( 77.Diyor Turopov, 62), 28.Shuhrat Muhammadiyev (3.Jahongir Abdumo‘minov, 80), 37.Sherzod Fayziyev, 52.Jaloliddin Jumaboyev, 80.Farruxjon Ibrohimov (26.Dilshod Komilov, 62).
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Akramjon Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 15.Yegor Krimets, 34.Farrux Sayfiyev, 21.Abrorbek Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (7.Sadriddin Abdullayev, 77), 17.Dostonbek Hamdamov (23.Sherzod A'zamov, 87), 10.Dragan Cheran (18. Hojimat Erkinov, 77), 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeyev.

Tribuna.uz muxbiri Toshkent derbisidan fotoreportaj tayyorladi. Quyida galereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Muhammadjon G‘aniyev va Nuriddin Nursaidov olgan suratlar

Ko‘proq yangiliklar: