Dunyoda pandemiya boshidan beri rekord darajada kunlik kasallanish qayd etildi

Jahon 08:46 / 29.11.2020 35025

Bu orada Jon Hopkins universitetining ma'lum qilishicha, kasallanganlar soni 62,5 mlndan oshdi, o‘limlar soni esa 1,145 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda.  

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi kasallanish holatlarining yarmidan ko‘prog‘i Shimoliy va Janubiy Amerika mintaqasiga to‘g‘ri kelgan – 405 ming 399ta. Bu borada 2-o‘rinni Yevropa ittifoqi (236 ming 50ta), 3-o‘rinni Janubi-Sharqiy Osiyo (53 ming 82ta) egallagan. 

Avvalroq JSST vakillari Yevropaning ba'zi davlatlarida Rojdestvo va Yangi yil bayramlari arafasida karantin cheklovlari yumshatilishi borasida xavotir bildirishgandi. Mutaxassislar koronavirus tarqalishini cheklovlar ushlab turganini eslatib o‘tishgan. “Hozir sa'y-harakatlar va hushyorlikni susaytirish mavridi emas”, deb aytgan JSST mutaxassisi Mariya Van Kerkxove.

Ko‘proq yangiliklar: