Afg‘onistondagi teraktda 20 nafar harbiy halok bo‘ldi

Jahon 13:07 / 29.11.2020 6060

Hujum vaqtida avtomobil ichida joylashtirilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Buning oqibatida 20 harbiy halok bo‘lgan.   

Shuningdek, Zabul viloyati poytaxti Qalat shahri yaqinida yana bir portlash sodir etilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala holatda ham portlovchi qurilmalarni xudkushlar harakatga keltirgan. Zabuldagi portlashda 4 kishi, jumladan mahalliy kengash raisi Otajon Haqbayon yaralangan. 

Ikkala hujum uchun ham hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Afg‘onistonda AQSh harbiylarining to‘liq olib chiqilishi va afg‘onlararo muzokaralar o‘tayotgani ortida mamlakatda hujumlar va teraktlar tez-tez sodir etilmoqda. 2 hafta avval G‘aznidagi turar joy hududlarining minomyotdan o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgandi, 7 kishi yaralangandi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda oxirgi 3 oy ichida hujumlar oqibatida 200dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 400dan ko‘prog‘i yaralangan. 

Ko‘proq yangiliklar: