Toshkent shahridan Farg‘ona vodiysiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston 16:19 / 28.11.2020 9582

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, bundan respublikada kuzatilayotgan noqulay ob–havo sharoitida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsad qilingan.
  
Qayd etilishicha, bugun soat 18:30da Toshkent shimoliy vokzalidan harakatini boshlaydigan 560-sonli yo‘lovchi poyezdi soat 23:05da Qo‘qon temir yo‘l vokzaliga kirib boradi. 

29 noyabr kuni soat 0:46da 559-sonli poyezd Qo‘qon temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi va shu kuni soat 05:00da Toshkent shimoliy vokzaliga kirib keladi.

Chiptalarni elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish imkoni mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: