O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Suriyadan qaytarish uchun yana bir operatsiyani tayyorlamoqda

O‘zbekiston 12:02 / 28.11.2020 11778

Qayd etilishicha, delegatsiya tashrifi Suriyada qiyin ahvolga tushib qolgan respublika fuqarolari - ayollar va bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha navbatdagi tadbirga doir tashkiliy masalalarini ishlab chiqish uchun amalga oshirildi.

«Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bevosita majburiyatidir. Ushbu maqsaddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida faqat insonparvarlik tamoyillariga tayaniladi», - deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik aksiyalarini o‘tkazgan, buning natijasida 220 nafar ayol va bola Yaqin Sharqdagi mojaro hududlaridan qaytarilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: