Eron yadrochi olimning o‘limi uchun qasos olinishini bildirdi

Jahon 16:31 / 28.11.2020 16098

Eron hukumati mamlakat Mudofaa vazirligining tadqiqot va innovatsiyalar tashkiloti rahbari Muhsin Faxrizodaning o‘limi uchun javob qaytaradi. Eron oliy rahnamosi maslahatchisi Husayn Dehqon ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar berdi Mehr agentligi.

“Biz shahidning qotillariga chaqmoq yanglig‘ tashlanamiz”, – dedi u.

Shuningdek, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham yadrochi olimning o‘limi javobsiz qolmasligini aytdi.

“Bu jinoyatga o‘z vaqtida javob qaytariladi”, – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 27 noyabr kuni Tehron yaqinida Eron yadroviy dasturi mualliflaridan biri, yadrochi olim Muhsin Faxrizoda o‘ldirildi. Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi maskanida terrorchilar hujumi qurboni bo‘lgan. Qayd etilishicha, dastlab xudkush o‘zini portlatgan, so‘ngra olimning avtomobili o‘qqa tutilgan.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif qotillikka Isroil aloqador bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: