Tramp kelasi haftadan COVID-vaksina yetkazish boshlanishini ma'lum qildi

Jahon 17:45 / 27.11.2020 3673

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda kelasi haftadan yoki bir haftadan so‘ng koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berish boshlanishini ma'lum qildi. U bu haqda amerikalik harbiylar bilan o‘tkazilgan videokonferensiya chog‘ida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning dastlabki partiyalari tibbiyot xodimlari va keksa yoshdagilarga beriladi.

Avvalroq AQShda koronavirusga qarshi emlash 11 dekabrdan boshlanishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu haqda Donald Trampning vaksinalar bo‘yicha maslahatchisi Monsef Slaui ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: