Emigrantlar uchun eng yaxshi shaharlar reytingi e'lon qilindi

Jahon 19:38 / 27.11.2020 9303

Tadqiqot mualliflari 173 millatga mansub va 181 mamlakatda yashovchi 15 mingdan ortiq kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rovda qatnashganlar 66 ta shaharni yashash sifati, moliya va turar joy, shahardagi hayot va ishlash sharoitlari kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashdi.

 Ispaniyaning Valensiya shahri yashash sifati va qiymati bo‘yicha eng yaxshi shahar deb topildi. So‘rovda qatnashganlarning 90 foizi bu shaharda yashash darajasini ijobiy baholagan.

 So‘rovda ma'lum bo‘lishicha, besh nafar emigrantdan to‘rt nafari Alikante shahrida o‘zlarini xuddi uylaridagidek his qilishadi va Lissabon shahri haqida ham hech kim salbiy fikr bildirmagan.

Shuningdek, Panama-Siti, Singapur, Malaga, Buenos-Ayres, Kuala-Lumpur, Madrid va Abu-Dabi shaharlari ham ro‘yxat yuqorisidan joy oldi.

Eng oxirgi o‘rinlarda (57-66-o‘rinlar) Hongkong, Dublin, Santyago, Yohannesburg, Parij, Nayrobi, Milan, Seul, Rim va Salimiya joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: