Walt Disney kompaniyasi 32 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Jahon 15:17 / 26.11.2020 1594

Ko‘ngilochar parklar va media sohasida dunyodagi eng yirik Walt Disney Co kompaniyasi 32 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

 Qayd etilishicha, 2021 yildagi moliyaviy yilning birinchi yarmida (2020 yil oktyabr - 2020 yil mart oylari) asosan tematik parklar xodimlari soni qisqartiriladi.

 Koronavirus pandemiyasi va karantin cheklovlari Disney kompaniyasining qator bo‘linmalariga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Tematik parklar va kruiz kemalarini boshqaruvchi hamda videoo‘yinlar chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linma daromadi 61 foizga kamaygan.

 Disney tematik parklari yopiqligicha qolmoqda yoki anchadan buyon cheklangan tartibda ishlamoqda, kruizlar joriy yilning ikkinchi choragida to‘xtatilgan, kompaniya do‘konlari ham ishlamayapti. 

 Kompaniya o‘z holatini yaxshilash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishini, jumladan, qo‘shimcha moliyalashtirish jalb etish, dividendlar to‘lashni to‘xtatish, filmlar va teleloyihalarga mablag‘ ajratishni qisqartirish hamda xodimlarni haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarishi mumkinligini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: