Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashganlar bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi

Jahon 15:33 / 26.11.2020 8860

Turkiya sudi 2016 yil iyulida davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashganlarni bir umrga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

 Jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan ko‘plab sobiq ofitserlar uch martadan 79 martagacha bir umrlik jazoga hukm qilindi. Ularning aksariyati harbiy-havo kuchlarining Aqinji aviabazasida xizmat qilgan uchuvchilaridir.

 Ushbu ish bo‘yicha jami 475 kishiga ayblov e'lon qilingan.

2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh askar va ofitserlari davlat to‘ntarishini amalga oshirish va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘lga olishga uringandi. Asosiy to‘qnashuvlar Istanbul va Anqarada yuz bergan, to‘ntarishga uringanlarni hisobga olmaganda 250 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: