Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston hamshiralari uchun malaka oshirish markazlari ochiladi

O‘zbekiston 10:38 / 26.11.2020 2448

Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gyunter Leo Overfeld o‘rtasidagi uchrashuvda ma'lumot berildi.

“Germaniya O‘zbekistonning muhim hamkori hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasiga qaramay, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlar yo‘lga qo‘yildi. Parlamentlararo munosabatlar ham rivojlanmoqda, biroq imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Barcha yo‘nalishlarda xalqaro shartnomalarni tezroq ratifikatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydigan aloqalarni mustahkamlash zarur”, – deydi Oliy Majlis Senati raisi.

Germaniya elchisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tomonidan paxta yig‘im-terimida va umuman inson huquqlarini ta'minlash sohasida majburiy mehnatga barham berish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.

Xabarga ko‘ra, Germaniya hamkorlik doirasida pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarni rivojlantirishga 180 mln. yevro ikki yilga ajratgan. 2021 yilning ikkinchi yarmida Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston hamshiralarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini ochish rejalashtirilgan. Shuningdek, navbatdagi loyiha doirasida davlat boshqaruvi, shu jumladan, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish uchun 10 mln. yevro ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: