Rossiyada aviafalokatdan keyin An-124 “Ruslan” yuk samolyotlari parvozlari to‘xtatildi 

Jahon 23:52 / 26.11.2020 10959

“Bu puxta o‘ylangan qarordir. Biz xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan mas'uliyatli aviakompaniya ekanimizni namoyish qilmoqchimiz”, deb izoh bergan ushbu qarorga kompaniyaning tijoriy direktori Konstantin Vekshin. 

Hozirda aviakompaniyada yaqinda yuz bergan hodisaning mustaqil tergovi boshlangan. Shuningdek, kompaniya buyurtmachilar bilan reyslarni qayta rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Imkoni bor joyda yuklar Boeing-747 samolyotlariga o‘tkaziladi.   

Kompaniya An-124 transport samolyotlarining dunyodagi eng yirik foydalanuvchisi hisoblanadi. Avariyagacha kompaniya parkida ushbu samolyotdan 12 dona bo‘lgan.

Vekshin kompaniyaning sobiq hamkori, endilikda esa raqobatchisiga aylangan Ukrainaning “Avialinii Antonova” kompaniyasiga boshqa buyurtmachilarga ko‘mak ko‘rsatishi mumkinligini, biroq vujudga kelgan vaziyatda u ham “Volga-Dnepr” kabi yo‘l tutishi maqsadga muvofiq bo‘lishini aytgan. 

“Ushbu vaziyatda “Avialinii Antonova” ham bizdan o‘rnak olishi kerak, biroq bu ularning shaxsiy ishi”, deb aytgan kompaniya vakili.  

Samolyotlarning parvozlari qachon tiklanishi bo‘yicha ma'lumotlar keltirilmagan.

13 noyabrda Novosibirskda An-124 samolyoti Tolmachevo aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketgan va jiddiy zararlangan. Keyinroq samolyotning dvigatellaridan biri parvoz vaqtida ishlamay qolgani ma'lum bo‘lgan. 

An-124 Sobiq ittifoq tomonidan ishlab chiqilgan uzoq masofalarga mo‘ljallangan transport samolyoti bo‘lib, An-225 “Mriya” modelidan keyin dunyoda ikkinchi raqamli eng og‘ir yuk ko‘taruvchi samolyot hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: