Qurilish faoliyati jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi

O‘zbekiston 08:33 / 26.11.2020 5624

Prezidentning “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ-4464-son qaroriga muvofiq Qurilish vazirligi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida ishga tushirilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal) sinov tariqasida ishga tushirilgan. Bu jamoatchilikka shaharsozlik hujjatlari va axborotni onlayn rejimida taqdim etish imkonini beradi.
 
Qaror bilan:

  • “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi to‘g‘risidagi nizom;
  • “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi to‘g‘risidagi nizom;
  • “Shaffof qurilish” va “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” tizimlarini yanada rivojlantirish va uning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Shaffof qurilish MATning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • obektlarning manzilli dasturi, obektlarning yillik manzilli ro‘yxati shakllantirilishini, ma'lumotlar bazasi yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash obektlari bo‘yicha turlarga bo‘lib yuritilishini ta'minlash;
  • obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishi va avans mablag‘lari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma'lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini ta'minlash;
  • loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, ko‘rsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligiga oid elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
  • obektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablag‘lari to‘langanligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma'lumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
  • obektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida ma'lumotlarni yig‘ish, bajarilgan ish hajmlari asosida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari bo‘yicha ma'lumotlar bazalarini shakllantirish;
  • obektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va monitoring olib borishda ularni ro‘yxatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ma'lumotlar bazalarini shakllantirish.

Geoportalning operatorlik funksiyalari “Qurilishda muhandislik izlanishlari, geoinformatika va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” DUKga yuklatildi.

Qurilish vazirligiga Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda qurilish sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibotlarini xatlovdan o‘tkazib, talab etiladigan ma'lumotlarni optimallashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini 2021 yil 1 yanvarga qadar taqdim etish topshirildi.
 
Hujjat 20.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: