O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi 

O‘zbekiston 11:07 / 26.11.2020 55262

27 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28 noyabrda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik, ba'zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.

27-28 noyabrda Respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, ba'zi joylarida 25-27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 5 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me'yordan 10-12 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: