Italiyada dunyodagi eng qimmatbaho ayollar sumkasi tayyorlandi

Jahon 20:24 / 26.11.2020 5749

Bolonyada joylashgan kompaniyaning yangi Parva Mea seriyasidan joy olgan akvamarin rangidagi sumka timsoh terisidan tayyorlangan va oq oltindan ishlangan 10ta kapalak bilan bezalgan. Kapalaklardan 4tasi brilliantlar, 3tasi sapfirlar va yana 3tasi paraib turmalini deb nomlanuvchi noyob qimmatbaho tosh bilan bezalgan.

Kompaniya ta'sischilaridan biri Matteo Rodolfo Milanezining ta'kidlashicha, ushbu sumka o‘smirligida yo‘qotgan otasiga hurmat belgisi hisoblanadi. Sumka dizayni okeanni eslatadi va atrof-muhitni muhofaza qilish zarurligiga e'tiborni qaratadi.

Ushbu sumkadan bor-yo‘g‘i 3 dona tayyorlanadi. Kompaniya har bir sotilgan sumkadan 950 ming dollarini dengizlarni plastik chiqindilardan tozalash uchun xayriya qilmoqchi. Sumka dizayneri Karolina Boarinining ta'kidlashicha, sumkani bezashda qo‘llangan toshlar ham dengiz bilan bog‘langan bo‘lib, ko‘k sapfirlar okeanlar chuqurligini, turmalinlar ifloslanmagan Karib dengizini, brilliantlar esa suvning shaffofligini anglatadi.

Foto: mouawad.com

Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, dunyoda eng qimmat ayollar sumkasi Mouawad 1001 Nighs Diamond Purse karmoni hisoblanadi. Yurak ko‘rinishidagi sumka 18 karatli oltin va 4517ta turli rangdagi brilliantlar bilan bezalgan. U 3 mln dollardan ko‘proqqa baholanadi. Sumkachani yaratish ustida 10 nafar usta 8,8 ming soatdan ko‘proq vaqt ishlagan.     

Ko‘proq yangiliklar: