Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston 10:50 / 26.11.2020 1537

Norma’ning yozishicha, 2019 yil 23 noyabrdagi «Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 944-son VMQga muvofiq amalga oshirilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida:

ishlab chiqarish fabrikalarini maxsus server uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash va ularni korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiya qilish orqali mahsulotlarni kuzatib borish mexanizmi ishga tushirilgan;

sinov tariqasida markirovkalangan yorliqlar ishlab chiqilgan, markirovkalash axborot tizimining tarkibiy qismlari o‘rnatilgan hamda ma'lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
 
Quyidagilar tasdiqlandi:

2021-2022 yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati;

Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi».
 
Davlat soliq qo‘mitasiga 2021 yil 30 dekabrga qadar tajriba loyihasi yakunlariga ko‘ra boshqa tovarlarni markirovkalash va kuzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish topshirildi:
  
DSQga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar «Asl belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini (MAT) joriy qilish topshirildi.
 
Quyidagilar «Asl belgisi» MATning asosiy vazifalari etib belgilandi:

mahsulot aylanmasi yuzasidan barcha bosqichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali identifikatsiya vositalari yordamida markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish;

ma'lumotlarni saqlash, olish, o‘tkazish, tarqatish, qayta ishlash, nashr etish, foydalanish jarayonida «Asl belgisi» MATda talablar belgilash orqali saqlanadigan ma'lumotlarning cheklanganligini ta'minlash.
 
Davlat soliq qo‘mitasiga:

ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash sohasida DXSh loyihasi konsepsiyasini davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organiga ko‘rib chiqish uchun bir hafta muddatda taqdim etish;

ayrim tovar pozitsiyalarini markirovkalash yuzasidan joriy qilingan tajriba natijalarini hisobga olgan holda «Asl belgisi» MATni ishlab chiqish, undan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun «CRPT TURON» MChJ bilan birgalikda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida DXSh bitimini tuzish topshirildi.
 
Hujjat 21.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: