Sinovlarni Softbank kompaniyasining sho‘'ba kompaniyasi o‘tkazmoqda. Fransiyaning Navya Arma kompaniyasi ishlab chiqqan avtonom avtobus soatiga 25 km yo‘l bosadi va 15 yo‘lovchi tashiy oladi. Avtobus to‘liq quvvatlangan akkumulyatorda 9 soat ishlaydi.
Avtobusda rul va haydovchi o‘rindig‘i yo‘q, u masofadan boshqariladi. Avtobuslarning harakatlanishi GPS yordamida kuzatib boriladi.
Ta'kidlanishicha, Sakai umumiy foydalanish yo‘llarida avtonom avtobuslar paydo bo‘ladigan birinchi yapon shahri bo‘ladi.