Yaponiya Afg‘onistonni tiklash uchun 720 million dollar ajratadi

Jahon 14:24 / 25.11.2020 4699

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Motegi Toshimitsuning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya 2021-2024 yillarda Afg‘onistonni tiklash uchun 720 million dollar ajratadi. 

“Biz o‘tgan 4 yildagi kabi yillik 180 million dollar hajmida mablag‘ ajratishni 2021-2024 yillarda ham davom ettirishga harakat qilamiz”, – dedi u.

Motegi Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” kuchlari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi doimiy muzokaralarni eslab o‘tdi.

“Muzokaralar davom etishi uchun barcha tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiramiz. Muzokaralar barqaror tinchlikka olib kelishiga ishonamiz”, – dedi Motegi Toshimitsu.

Ko‘proq yangiliklar: