Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Kadrlar salohiyatini oshirish - islohotlar bosh mezoni

O‘zbekiston 16:00 / 25.11.2020 2440

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy yilning 20-21 noyabr kunlari hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan ishlash mutaxassislari uchun Respublikamizda kadrlar siyosati,  davlat xizmatida olib borilayotgan yangiliklar  va islohotlar,  ochiq mustaqil tanlov jarayonlarini butun qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga joriy etish maqsadida o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Agrosanoat majmui xodimlari, kasaba uyushmasi Respublika kengashining malakali mutaxassislari ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan tanlov jarayonlarining yanada shaffofligini ta'minlash, xodimlarning ma'lumotlarini yagona milliy mehnat tizimi dasturiga kiritish, mehnat munosabatlari kabi mavzularda ishtirokchilarga  batafsil tushunchalar berildi.

O‘quv-trening dasturi mavzulari ishtirokchilar talab va ehtiyojlari “TNA” tahlilidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, “Soft skills”  yo‘nalishi bo‘yicha “Stressga chidamlilik” mavzusida amaliy trening mashg‘uloti ham o‘tkazildi.

O‘quv-trening savol-javoblar, ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, ishtirokchilar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Mashg‘ulotlarning “ZOOM” dasturi orqali ham olib borilishi  barcha tumanlardagi kadrlar buyicha mutaxassislarining bevosita ishtirokini ta'minladi.

Ma'lumot uchun shuni aytish lozimki, hozirda vazirlik tizimiga 24 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning hududiy filiallari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mustaqil tanlov asosida ishga qabul qilindi. Jumladan, vazirlikning markaziy apparati, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida dastlabki ochiq tanlov jarayonlari o‘tkazildi. Shuningdek, bugungi kunda 17 ta vakant lavozimlar bo‘yicha  ochiq tanlov o‘tkazish uchun e'lonlar berilgan. Hozirda tanlov jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmokda.

Ushbu o‘quv-trening davomida xodimlar bilan ishlash yo‘nalishining kelgusidagi strategik rejalari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur anglay oladigan malakali kadrlar tarkibini shakllantirish, ularni o‘qitish va malakasini oshirishni tizimli tashkil etish yo‘nalishlaridagi vazifalar ham belgilab olindi. O‘quv-trening yakunida yo‘nalishda samarali mehnat qilayotgan, tashabbuskor va faol xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda ishtirokchilar “Muqimiy” nomidagi o‘zbek musiqali drama teatriga tashrif buyurib, madaniy hordiq chiqarishdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlar bilan ishlash boshkarmasi

Ko‘proq yangiliklar: