Pokiston Isroilni tan olishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

Jahon 15:46 / 25.11.2020 5296

Pokiston Isroilni tan olishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar asossiz ekanligini ma'lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida bildirilishicha, Falastin masalasida bosh vazir Imron Xonning pozitsiyasi “aniq” va “o‘zgarmas”.

“Bosh vazir Falastin masalasini adolatli hal etish yo‘li topilmasa, Pokiston Isroilni tan olmasligini ma'lum qildi”, – deyiladi bayonotda.

Ushbu bayonot AQSh va Saudiya Arabistoni Isroilni tan olishi uchun Pokistonga bosim o‘tkazganligi to‘g‘risidagi xabarlardan keyin berildi.

“Pokiston Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan ajralmas huquqini qat'iyat bilan qo‘llab-quvvatlaydi”, – deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, “adolatli va barqaror tinchlik uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti va IHTning tegishli qarorlari har ikki davlat manfaatlariga mos bo‘lishi shart”.

Ko‘proq yangiliklar: