Mobiuz tavsiya qiladi: qanday qilib kompaniyaning tijorat hamkoriga aylanish mumkin?

Fan-texnika 20:00 / 25.11.2020 6420

Mobiuz tijorat hamkorlari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sohasida muvaffaqiyatli biznes qurish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Mobiuz mobil aloqa operatori abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida ofislar va tijorat hamkorlarining savdo shoxobchalarini kengaytirib bormoqda. Ayniqsa, bu borada kompaniyaning tijorat hamkorlari – kichik va o‘rta biznes vakillarining o‘rni beqiyosdir.

Hozirgi kunda Mobiuz hamkorlari qatorida respublikamizning turli hududlaridan bo‘lgan 1 600 dan ziyod kichik va o‘rta biznes sub'yektlari bor. Operator bilan hamkorlikda ular o‘z biznesini muvaffaqiyatli olib bormoqda, yurtdoshlarimizga zaruriy aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda, shahar va tumanlar aholisini ish o‘rinlari bilan ta'minlamoqda. Xususan, kompaniya tijorat hamkorlarida 2 000 dan ko‘proq xodim ishlab kelmoqda, ularning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

«Tijorat hamkorlarimiz iste'molchilar bilan aloqalarni mustahkamlashda hamda ularning fikr-mulohazalarini kompaniyaga yetkazishda ham muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan, Mobiuz taqdim etilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash uchun tijorat hamkorlarining taklif va tavsiyalarini ham inobatga oladi. Kompaniyaning bir qator qulay mahsulot va xizmatlari ularning bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan yoki takomillashtirilgan», – deya ta'kidladi Mobiuz'ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Mobiuz tijorat hamkorlari faoliyatidagi muhim jihat – bu daromadlarni yuksaltirib borish va yangi savdo shoxobchalarini ochish orqali moddiy manfaat, ya'ni o‘z korxonasining daromadini orttirish imkoniyatidir. Kompaniya tijorat hamkorlariga minimal talablarni qo‘yishga intiladi. Faoliyati qanchalik rivojlanishi esa tijorat hamkorlarning o‘ziga, uning maqsad sari intilishiga, biznes salohiyatini maksimal darajada oshkor qilishiga bog‘liq.

Barchasi muvaffaqiyat sari ilk qadamlardan boshlanadi. Mobiuz bilan hamkorlik shartnomasini tuzish uchun yuridik shaxs tashkil etilishi, xizmatlar ko‘rsatish uchun qurilgan yoki ijaraga olingan chakana savdo shoxobchasi bo‘lishi va unda kerakli ofis uskunalari o‘rnatilishi kerak.

Bunday shart-sharoiti bor tadbirkor kompaniya veb-saytida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar to‘plamini Mobiuz'ga topshirishi kerak. Shu yerning o‘zida Hamkorlar bilan ishlash departamentiga ariza va hujjatlarni oldindan yuborish uchun maxsus shakl ham taqdim etilgan. 

Taklif ma'qullangandan va hamkorlik o‘rnatilgandan so‘ng, tijorat hamkori va uning xodimlari uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha maxsus o‘quv darslarida o‘z bilim va malakalarini oshiradilar. Qolaversa, tijorat hamkorlari butun faoliyati davomida kompaniyaning mutaxassislaridan doimiy tarzda soha bo‘yicha maslahat va ko‘rsatmalar olishlari mumkin.  Keyinchalik ham ular o‘zlarining malakalarini doimiy ravishda oshirishlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning barcha jabhalarida bilimlarini kengaytirishlari uchun Mobiuz har tomonlama yordam beradi.

Mobiuz'ning tijorat hamkoriga aylanish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot va maslahatlarni kompaniya vakillaridan olish mumkin. Ular bilan qanday tarzda bog‘lanishni bu yerdan bilib olishingiz mumkin: company.mobi.uz/uz/partners/contacs

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: