Braziliyadagi avtohalokat 37 kishining umriga zomin bo‘ldi

Jahon 22:14 / 25.11.2020 7441

Yo‘l-transport hodisasi olisroq hududda yuz bergan. Ta'kidlanishicha, u San-Paulu shtatida joriy yilda yuz bergan eng yirik avtohalokat bo‘ldi.

Avtobus to‘qimachilik kompaniyasining 52 xodimini olib ketayotgan bo‘lgan.

Jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan. Avtohalokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Politsiyaning fikricha, fojiaga bir transport vositasining ikkinchisini quvib o‘tishga urinishi sabab bo‘lgan. 

Voqea joyida yo‘l politsiyasining qutqaruvchilari, o‘t o‘chiruvchilar va vertolyotlar ish olib borgan. 

Taguai meriyasi fojia munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: