Sirdaryo viloyatida haydovchi mashina boshqaruvini yo‘qotib, gaz quvuriga borib urildi. Butun shahar vaqtincha gazsiz qolgan

Jamiyat 13:47 / 24.11.2020 10809

“Sirdaryo xabarlari” ma'lumotiga ko‘ra, shaxsi ochiqlanmagan haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtotransport vositasi ushbu gaz quvuriga borib urilgan va natijada gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.

Shu vaqtning o‘zida shahar hokimligi hamda “Shirinshahargaz” gaz ta'minoti korxonasi xodimlarining sa'y-harakatlari natijasida muammo joyida va o‘z vaqtida bartaraf etilgani aytiladi.

Shu munosabat bilan gaz ta'minoti butun shahar bo‘ylab soat 3:00dan 9:00gacha uzib qo‘yilgan.

Kun.uz muxbiri mazkur vaziyat yuzasidan Shirin shahri hokimligi bilan bog‘lanib izoh oldi:

"Gaz o‘chib qolgach, ulagandan keyin darrov yoqilsa xonadonlarda qanday vaziyat yuz berishini taxmin qilish qiyin. Shuning uchun, avariya oqibatlari tunda bartaraf etilgach, ertalab tong otishini kutishga majbur edik.

Ya'ni, aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida gaz ta'minoti ertalabki soat 09:00 gacha uzib qo‘yilgan".

Ko‘proq yangiliklar: