Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi narxi ma'lum qilindi

Jahon 16:03 / 24.11.2020 17108

Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining bir dozasi narxi xorij bozori uchun 10 dollardan oshmaydi. Bu haqda vaksina ishlab chiqaruvchi o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

 «Shunday qilib, "Sputnik V" vaksinasi narxi o‘xshash samaradorlikka ega ana shunday vaksinalar narxidan ikki yoki undan ko‘proq baravarga arzon bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

 Qayd etilishicha, rossiyaliklar uchun vaksinatsiya bepul amalga oshiriladi.

 Avvalroq AQShning Moderna kompaniyasi vaksinasi narxi 25-37 dollar, Pfizer vaksinasi esa 19,5 dollarni tashkil etishi ma'lum qilingandi.

 Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. «Sputnik V» avgustda, «EpiVakKorona» oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

 Hozirda Chumakov nomidagi markaz uchinchi vaksina ustida ish olib bormoqda. Vaksinani 2021 yil fevralda ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: