Yuqori samaradorlik – John Deere bilan!

O‘zbekiston 12:30 / 23.11.2020 16000

«Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak». Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida ta'kidlagan edi.

Qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha birinchi raqamli kompaniya John Deere o‘zining O‘zbekistondagi dileri «Landtech» kompaniyasi yordamida O‘zbekistonda agrar sohani raqamlashtirish va buni soha mutaxassislariga «alifbosidan boshlab chuqur o‘rgatish» uchun harakat qilib kelmoqda.

Shu maqsadda kompaniya Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti bilan hamkorlik qilmoqda, universitetda kompaniyaning maxsus trening xonasi ham tashkil etilgan.

Yaqinda mana shu manzilda «Landtech» kompaniyasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda institut professor-o‘qituvchilari, AKT sohasi mutaxassislari va talabalar uchun seminar-trening o‘tkazdi. Sababi John Deere kompaniyasi o‘z dileri «Landtech» yordamida mamlakatga olib kelayotgan yangiliklarni ishlatuvchi asosiy kuch mahalliy mutaxassislar hisoblanadi.

Seminar-treningda John Deere kompaniyasi mutaxassislari ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha AMS (Agriculture management solutions) tizimi va uning samarali jihatlari haqida ma'lumot berdi.

AMS tizimi AQSh, Yevropa kabi rivojlangan davlatlarda foydalanilmoqda, uni agrar imkoniyatlari yuqori bo‘lgan O‘zbekistonda ommalashtirish davlatda sifatli hosil yetishtirishga, tejamkorlikka erishishga yordam beradi.

«AMS tizimi orqali qishloq xo‘jaligida ish jarayoni tashkil qilinsa, ishlatiladigan yoqilg‘i, urug‘, kimyoviy ishlov berish vositalari va, ayniqsa, vaqt tejaladi. Operator mehnati osonlashadi. Yana bir foydali tarafi quyosh botishi bilan daladagi ishni tugatib qo‘yish shart bo‘lmaydi. Sababi tizim orqali kechki payt ham ishlash mumkin, hammasi avtomatik tarzda nazorat qilib boriladi», - deya ma'lumot berdi treningda “Landtech” kompaniyasi mutaxassisi Lazizxon Ahmedov.

Hozir O‘zbekistonda 5tadan ko‘p yirik klasterlar John Deere kompaniyasining raqamlashtirilgan texnologiyalarini joriy etgan. Andijon, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlariga bu texnologiyalar allaqachon kirib borgan.

John Deere kompaniyasi raqamli dasturlarni ishlatishni o‘rgatuvchi maxsus o‘quv dasturlari ham ishlab chiqqan. Unda texnologiyalarni ishlatish, raqamli dasturlardan foydalanish o‘rgatiladi. Ish jarayonini o‘rganib olish mutaxassisning salohiyatiga bog‘liq. Texnologiyalarni ishlatishni 3-7 kungacha, dasturlarda ishlashni esa 3 kungacha muddatda o‘zlashtirish mumkin. Ish faoliyati davomida biror savolga duch kelgan hamkorlarga kerakli telefon orqali deyarli 24 soat konsultatsiyalar ham berib boriladi.

Kompaniyaning 2020-yilgi tadqiqotiga ko‘ra, John Deere texnologiyalari va dasturlari 96 foiz samaradorlikni qayd etgan. Bu an'anaviy tarzda mahsulot yetishtirishdan 2-3 baravar yuqori ko‘rsatkich.

«John Deere kompaniyasi raqamlashtirilgan ma'lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish bo‘yicha jahonda yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya rasmiy dileri «Landtech» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan seminarda xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishga yordam beruvchi dasturlar haqidagi taqdimotlar ishtirokchilar uchun foydali bo‘ldi», - deydi AKT vazirligi xodimi Izzatilla Ikromov.

Seminar yakunida John Deere kompaniyasida amaliyot o‘tashni xohlagan talabalar uchun mutaxassislar tomonidan maslahat va kerakli ma'lumotlar berildi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: