Xitoydagi shaharlardan biri karantinga yopildi

Jahon 14:29 / 23.11.2020 6243

Xitoy hukumati koronavirus bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangani tufayli Manchjuriya shahrida qat'iy karantin choralari joriy etdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Rejali tekshiruv vaqtida korxonalardan birining ikki nafar xodimida infeksiya aniqlangan.

 Xabar qilinishicha, aholisi 250 mingga yaqin bo‘lgan shaharda ommaviy yig‘inlar o‘tkazish taqiqlangan. Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar yopilgan.

Bundan tashqari, Manchjuriya shahrining barcha aholisi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Avvalroq Shanhay aeroportining yuk terminali xodimlaridan birida koronavirus aniqlangandan keyin ommaviy tekshiruv o‘tkazishga qaror qilingandi.  

 

Ko‘proq yangiliklar: