Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Isroil bosh vaziri bilan uchrashgani rad etildi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo uchrashgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Foto: Reuters
“Men davlat kotibi Pompeoni Neomdagi aeroportda kutib oldim va kuzatib qo‘ydim va uning valiahd shahzoda bilan uchrashuvida ham bo‘ldim. U yerda isroilliklar bo‘lmadi”, deb aytgan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri.
U tvitterdagi sahifasida OAVda ma'lum qilingan uchrashuv bo‘lmagani, muzokaralar esa Saudiya Arabistoni va AQSh vakillari o‘rtasida borganini ma'lum qilgan.
Avvalroq Axios axborot portali Isroildagi manbalarga tayanib, valiahd shahzodaning Netanyaxu va Pompeo bilan muzokaralar o‘tkazgani, uchrashuvda Mossad direktori Yossi Koen ham ishtirok etganini ma'lum qilgan. Netanyaxu ofisida bu ma'lumotlar na tasdiqlangan, na rad etilgan.
22 noyabrda Netanyaxu ofisida vazirlar mahkamasining har haftalik majlisi unga ko‘proq tayyorgarlik kerakligi vaji ostida qoldirilgan. Biroq manbalarning ta'kidlashicha, majlisning qoldirilishiga asl sabab Netanyaxuning Saudiya Arabistoniga tashrifi hisoblanadi.
Ayni vaqtda Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida rasmiy diplomatik munosabatlar mavjud emas. Axios’ning ta'kidlashicha, ikki davlat rahbariyati o‘rtasida anchadan beri de-fakto o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, biroq ular sir tutib kelingan. Yuqorida gap borayotgan uchrashuv esa ikki davlat o‘rtasida bunday yuqori darajada o‘tgan birinchi uchrashuv hisoblanadi. Nashrda ma'lum qilinishicha, Isroil va Saudiya Arabistoni AQSh prezident saylovlarida g‘alaba qozongani e'lon qilingan Jo Baydenning Eron bilan yadro kelishuvi tuzish borasidagi rejalaridan xavotirlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

18:31 / 13.07.2025
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025