Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda gazobeton ishlab chiqarish hajmi oshiriladi

Foto: O‘zsanoatqurilishmateriallari
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi uyushma matbuot xizmati.
Uyushma mas'ulligida 2019 yilda avtoklav gazobeton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yillik quvvati 550 ming metr kub bo‘lgan 4ta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi viloyat hokimliklari bilan hamkorligida ushbu yo‘nalish bo‘yicha 7ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalar Toshkent viloyatida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida ham mazkur yo‘nalishda 3ta loyihani amalga oshirish ishlari jadal sur'atlarda olib borilyapti. Ayni damda ushbu korxonalarga uskunalar va mutaxassislarni olib kelish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bino va inshootlarni qurish ishlari davom etmoqda.
Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba'zan «sun'iy tosh» deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg.ni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud

09:26 / 17.11.2020
Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi

14:41 / 13.11.2020
Yalpi ichki mahsulot tarkibida qurilish tarmog‘ining ulushi oshdi

12:37 / 13.11.2020