BMT Yaponiyadan Nissan sobiq rahbariga kompensatsiya to‘lashni talab qildi

Jahon 20:04 / 23.11.2020 2752

 BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining ishchi guruhi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonning Yaponiyada hibsga olinganligini noqonuniy deb topdi. 

 «Hukumat Gonni qo‘lga olish uchun huquqiy asos belgilay olmagan. Uning ozodlikdan mahrum qilinishi asossiz bo‘lgan», — deyiladi ishchi guruh hisobotida.

 BMT top-menejyerning bir necha marta ushlanishini sud va inson huquqlari deklaratsiyasiga zid deb topgan hamda Yaponiyadan xalqaro huquq bo‘yicha kompensatsiya to‘lashni talab qilgan.

Gon 2018 yil noyabrda Yaponiyada qo‘lga olingandi. U 80 million dollar daromadini yashirish va soliq to‘lamaslikda ayblangandi.

 Prokuratura hisobotiga ko‘ra, Gon 70 kun hibsda tutib turish chog‘ida har kuni, hattoki 11 soatlab so‘roq qilingan. U 2019 yil dekabrda hibsdan qochishga muvaffaq bo‘lgan va Livanga yashiringan. Gon Livan, Fransiya va Braziliya fuqaroligiga ega.

Ko‘proq yangiliklar: