Jahon | 21:46 / 22.11.2020
3718
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada yangi tashqi ishlar vaziri tayinlandi 

Faysal Mikdad

Suriya prezidenti Bashar Asad tashqi ishlar vaziri lavozimiga Faysal Mikdadni tayinladi. Mikdad 16 noyabrda vafot etgan Valid Muallim o‘rnini egallaydi.

Mikdad 1954 yilda tug‘ilgan, diplomatik faoliyatini 1994 yilda boshlagan, Suriyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilgan va Xavfsizlik kengashida vakili bo‘lgan. 2006 yildan Suriya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. 

Ushbu tayinlov Suriyaning avvalgi tashqi ishlar vaziri Valid Muallimning vafoti sababli amalga oshirilgan. Muallim 16 noyabrda 79 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi.         

Shuningdek, Asad Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jafariyni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga, Suriyaning Avstriyadagi elchisi Bassam Sabbog‘ni esa Jafariyning o‘rniga tayinlagan.

Mavzuga oid