Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi
Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi. Bu haqda qurilish vaziri Botir Zokirov «O‘zbekiston 24» telekanali efirida aytgan. Vazirlik vakillari loyihani prezident Shavkat Mirziyoyevga topshirishgan. Zokirovning aytishicha, bu to‘rtinchi taqdimot bo‘lgan va prezident tomonidan loyihani boshlash bo‘yicha topshiriq berilgan.

Qurilish vazirining so‘zlariga ko‘ra, majmuada atrofi milliy uslubdagi ayvonlar bilan o‘ralgan 10 ming o‘rinli masjid quriladi. Vazirlik masjid va uning atrofidagi qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha ko‘rsatma olgan.
Payariq tumani hududida joylashgan Imom Buxoriy majmuasi hududida hozir ham masjid faoliyat olib boradi. Loyihaga ko‘ra, ana shu masjid o‘rnida kattarog‘i quriladi. Shuningdek, majmuaning o‘zi ham qaytadan barpo etiladi. Ayni damda majmuaning yonida Imom Buxoriy nomidagi hadis maktabi ham faoliyat yuritmoqda.
Ma'lumot uchun, Imom Buxoriy islom olamining yetuk muhaddisi hisoblanadi. Uni muhaddislar imomi deb atashadi. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» sahih hadislar to‘plami islom olamida eng ishonchli hadis manbasi sifatida o‘rganiladi. Imom Buxoriy milodiy 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 870 yilda esa hozirgi maqbarasi joylashgan Samarqand hududidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan.
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025