UZTELECOM'ning videokonferensaloqa xizmati yordamida masofadan turib masalalaringizni hal qiling

O‘zbekiston 16:30 / 21.11.2020 5229

Koronavirus pandemiyasi paytida respublikamizda joriy etilgan karantin choralari barchani masofadan turib ishlash va o‘qish rejimiga o‘tishga majbur qildi. Mehnat va o‘quv jarayonida qo‘lingiz ostida qulay videokonferensaloqa platformasi bo‘lishi muhimdir.

Aholiga onlayn ish va o‘qishni tashkil etish xarajatlarini optimallashtirish uchun UZTELECOM mahalliy UZ-IX va Tas-IX tarmoqlarida videokonferensaloqa platformasini yaratdi. Ushbu xizmat masofaviy ta'lim olish va ish jarayonida qulaylik yaratadi.

Ushbu xizmatlarning tariflari hamyonbop va xaridorlarga Onlayn dars, Onlayn ofis, Onlayn konferensiyani osonlik bilan tashkil etish imkoniyatini beradi.

*- Har bir tarif reja uchun konferensiyaning davomiyligi cheklanmagan va 5 GB hajmdagi bulutli ma'lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

Bunda:

  • Konferensiya tashkilotchisi videokonferensiyani boshqarish bo‘yicha barcha huquqlarga ega;
  • Ishtirokchilar teng huquqli ravishda muloqot qilish, ish stolini namoyish etish va konferensiya tashkilotchisi tomonidan ruxsat etilgan har qanday funksiyalardan foydalanishlari mumkin;
  • Boshlovchining videosi barcha konferensiya ishtirokchilariga videooynalarda uzatiladi;
  • Fayllar va konferensiyani yozib olish uchun disk maydoni taqdim etiladi.

Barcha tarif rejalarida konferensiyani yozib olish hajmi tarif rejasi bo‘yicha ruxsat etilgan hajmdan oshib ketgan hollarda, konferensiya yozuvini 24 soat davomida yuklab olish mumkin bo‘ladi. 24 soat o‘tgach, yozuv o‘chiriladi.

Bundan tashqari, UZTELECOM barchaga ushbu xizmatni joriy yilning 30 noyabrigacha davom etadigan «Qulay videokonferensiyalar» aksiyasida qatnashish orqali sinovdan o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Aksiya doirasida siz maxsus «BePUL ONLAYN DARS» va «BePUL ONLAYN OFIS» tarif rejalaridan foydalanishingiz mumkin.

«BePUL ONLAYN DARS» tarifiga ko‘ra, 30 kun ichida 40 nafargacha talabalar bilan videokonferensiya o‘tkazishlari mumkin. Konferensiya davomiyligi cheklanmagan va ma'lumotlarni bulutli serverda saqlash uchun 1 Gb hajmdagi joy ajratilgan.

Biznes uchun yaratilgan «BePUL ONLAYN OFIS» tarifiga ko‘ra, 4 kishigacha bo‘lgan xodimlar bilan 30 kun davomida videokonferensiyalarni to‘liq bepul o‘tkazish imkoniyati mavjud. Konferensiya davomiyligi cheklanmagan va ma'lumotlarni bulutli serverda saqlash uchun 1 Gb hajmdagi joy ajratilgan.

Bitta klik orqali videouchrashuvlarni amalga oshiring. Foydali, xavfsiz, funksional!

UZTELECOM – milliy operator.

Batafsil: uzcloud.uz

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: