Ukraina to‘liq lokdaun joriy etish rejasini ishlab chiqishni boshladi

Jahon 21:07 / 21.11.2020 4530

Ukraina hukumati koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda to‘liq lokdaun joriy etish rejasini ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma'lum qildi, deb yozadi «Strana.ua».

 Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha «dam olish kunlari» lokdauni joriy etilgan. U ushbu va kelasi haftada amal qiladi.

«Shundan so‘ng uning natijasini baholaymiz», — dedi Shmigal.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, «dam olish kunlari» karantini samara bermasligi ehtimolini nazarda tutib «B rejasi» ishlab chiqilmoqda.

«Biz butun mamlakat anglashi uchun bu rejani ommaviy muhokama qilishni boshladik», — dedi Shmigal.

 Uning aytishicha, epidemiolog va infeksionistlar bilan har kuni maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda, har bir hudud bo‘yicha vaziyat tahlil qilinmoqda.

 «Bularning bari hamkorlikda, har tomonlama o‘ylab chiqilgan va barcha qo‘llab-quvvatlaydigan rejani ishlab chiqish uchun qilinmoqda», — dedi Shmigal.

Uning ta'kidlashicha, qat'iy karantin joriy etish muddati hozircha belgilanmagan.

Ukrainada oxirgi sutkada koronavirus holatlari qayd etilishi bo‘yicha antirekord o‘rnatildi -14580ta holat. Mamlakat bo‘yicha jami aniqlangan holatlar soni esa 612 mingdan oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: