Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligi oshiriladi

O‘zbekiston 12:01 / 21.11.2020 2445

Hujjat bilan tibbiy profilaktika ishlarining asosiy yo‘nalishlari belgilandi, deb yozadi Norma.

2021 yil 1 yanvardan boshlab 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini) aniqlash bo‘yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi.
 
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘limlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida joylashishga ruxsat beriladi. Ularning xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan bir qatorda fuqarolarga tibbiy-profilaktik xizmatlar (maslahatlar, ko‘riklar va boshqalar) ko‘rsatib boriladi.
 
Mahallalarda, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari va oliy hamda o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashuvchi volontyorlar (shu jumladan nafaqadagi shifokorlar, o‘qituvchilar, ziyolilar va boshqalar) jamiyatlari tashkil qilinadi.
 
Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil qilindi hamda uning vazifalari belgilandi. Uning tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi, shuningdek soha bo‘yicha vazirlik va idoralarning respublika, viloyat va tuman darajasidagi vazifalari taqsimlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir.
 
Hujjat 13.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: