Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qonda er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirgan uch nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi.

Foto: Kun.uz
Qo‘qon shahrining Jasorat ko‘chasida sodir bo‘lgan bu voqea shaharda ko‘pchilik odamlarning tilida shov-shuv bo‘lib, qo‘rquvga solib qo‘ygan edi.
Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchilar, O‘zbekiston tumanidan bo‘lgan M.R, F.T va S.O. oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lgan holda bosqinchilik bilan o‘zganing mulkini egallash borasida jinoiy reja tuzishgan.
Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 01:30larda Qo‘qon shahar Jasorat ko‘chasida F. N.ning yashash xonadoniga o‘g‘rilikka tushishadi. Ular yuzlariga niqob taqib, qo‘llariga qo‘lqop kiygan hamda skotch, arqon va ikki dona pichoq bilan qurollangan edi. Bu paytda uy egalari uyquda bo‘lgan. S.O. vaziyatni kuzatish uchun hovlida qoladi. M.R. va F.T. moddiy boyliklarni egallash uchun uy ichkarisiga kirib, yotoqxonaga o‘tishgan. U yerda uxlab yotgan xonadon egasining turmush o‘rtog‘iga bir marotaba pichoq urib, shovqindan uyg‘ongan F.N.ga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazgan. Ular bu ishlaridan qoniqmay, er-xotinni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirishgan.
Sudda ko‘rsatma bergan M.R.ning aytishicha, boshqalardan pul qarzi ko‘payib qolganligi uchun o‘ziga to‘q oilalarning uyiga o‘g‘rilikka tushishni maqsad qilgan. Bu ishga qarindoshlarini ham jalb etib, F.N.ning Qo‘qon shahridan uy olishidan xabar topadi. Unda katta miqdorda pul borligini taxmin qilganligini bildirib, ana shunday jinoyatga qo‘l urgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasining ma'lum qilishicha, sud hukmi bilan M.R.ga uzil-kesil umrbod, F.T.ga 25 yil, S.O.ga esa 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

21:41 / 01.07.2025
Britaniyada qotil-hamshira ishi bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:27 / 14.06.2025