O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordamning uchinchi partiyasini yetkazib berdi

O‘zbekiston 08:01 / 21.11.2020 6510

200 o‘ringa mo‘ljallangan 40ta shifoxona konteynerlar ortilgan poyezd «Bishkek-1» temir yo‘l stansiyasiga yetib bordi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi v.b. boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iz Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili va «Qirg‘iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori kutib oldi.

Uchrashuv davomida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi v.b. hamda «Qirg‘iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori o‘zaro hamkorlik va ikki davlat temir yo‘llarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan birodar qirg‘iz xalqini qo‘llab-quvvatlash aksiya tadbiri doirasida Qirg‘izistonga 3000 tonna bug‘doy va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarning bitta partiyasidan iborat gumanitar yuk yuborilgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: